UZINFOCOM Datamarkazining xizmatlari uchun to’lovlar imkoniyati kengaygani haqidagi xabarni etkazishga shoshilamiz. Hozirgi kunga qadar Datamarkaz xizmatlari uchun to’lov websum, Mbank, u-pay, Woy-wo orqali amalga oshirilar edi. Endi esa ushbu jarayonni payme.uz orqali ham amalga oshirish imkoniyati yaratildi.
Payme-bu sizning Uzcard Online kartangizni boshqarish va ko’plab foydali operatsiyalarni bajarishning oson yo’lidir:
-Kartadan kartaga pul o’tkazish
-Uzcard kartasini blok holatiga tushirish
-Uzcard kartasi yordamida amalga oshirilgan barcha to’lovlarni nazorati va tahlili
-Joylarda to’lovni amalga oshirish: telefoningiz yordamida restoran va savdo markazlari nuqtalarida to’lovni amalga oshirish imkoniyati
-Xizmatlar uchun internet to’lovlar
UZINFOCOM Datamarkazi xizmatlari uchun to’lovining yangi imkoniyatidan foydalaning!