UZINFOCOM datamarkazi shu kabi komplekslarga qo'yiladigan barcha talablarga javob beradi: ma'lumotlarni saqlash va ularning yaxlitligini ta'minlash, ma'lumotlarni saqlashni zahiralash, 24 soat davomida doimiy texnik xizmat ko'rsatish.
Co-location — Bu ikki xil turdagi server qurilmasini (Tower va Rack) Ma’lumotlar markazida joylashtirish, internetga ulash va uzluksiz elektr quvvati bilan ta’minlovchi xizmat turidir.
VPS- veb-hosting xizmati va server o’rtasidagi o’zaro kelishuv xizmati. Ya’ni xizmat veb-hosting xizmatiga nisbatan ancha tezkor, ishonarli va qulay hamda co-locaton xizmatiga o’xshash lekin virtual serverdir.
Kompleks monitoring va texnik qo'llab-quvvatlash
Ma'lumotlarning axborot havfsizligini kerakli darajada ta'minlash
Kafolatlangan darajada xizmat ko'rsatishni amalga oshirish
Ishonchli yuqori texnologik infratuzilmaning mavjudligi
24 soat qo'riqlash tizimi
Avtonom elektr ta'minoti tizimi
Avtomatlashtirilgan iqlim-nazorat tizimi
Hurmatli abonentlar!
Veb-xostingni boshqarish paneli dasturiy ta’minoti uchun texnik qo‘llab-quvvatlash to‘xtatilganligi, axborot xavfsizligining kritik zaifliklarini bartaraf etish bo‘yicha yangilanishlarni olish imkoni mavjud emasligi, shuningdek, Data-markaz xizmatlarini rejali modernizatsiya qilish munosabati bilan ayrim serverlarda «Veb-xosting» xizmatini ko‘rsatish to‘liq to‘xtatiladi.
2027-yil 1-yanvardan quyidagi veb-xosting serverlari o‘z faoliyatini to‘xtatadi:
- g1.uzinfocom.uz
- g2.uzinfocom.uz
2027-yil 1-yanvardan boshlab mazkur serverlarga kirish imkoniyati yopiladi.
Agar ma’lumotlarni yuklab olish yoki loyihalaringizni joylashtirish uchun muqobil yechimlarni (VPS / Data-markazning zamonaviy xizmatlari) tanlashda yordam kerak bo‘lsa, texnik qo‘llab-quvvatlash xizmatimiz sizga zarur yordam ko‘rsatishga tayyor
23.10.2026Hurmatli mijozlar va hamkorlar!
Infratuzilmani rejali modernizatsiya qilish doirasida «Yagona integratori UZINFOCOM» MChJ 2027-yil 1-yanvardan boshlab reseller hosting xizmatini ko‘rsatish to‘xtatilishini ma’lum qiladi.
Shu munosabat bilan, mazkur xizmatdan foydalanuvchilardan 2026-yil 31-dekabrga qadar, shu kun ham kiradi, boshqaruv paneli orqali o‘z saytlari va ma’lumotlar bazalarining to‘liq zaxira nusxalarini (backup) yuklab olish va saqlashlarini so‘raymiz.
Diqqat! 2027-yil 1-yanvardan boshlab reseller hosting serverlariga va ularda joylashtirilgan ma’lumotlarga kirish to‘liq to‘xtatiladi. Yuklab olinmagan ma’lumotlar tiklash imkoniyatisiz o‘chirib tashlanadi.
23.10.2026Korporativ pochta xizmati faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilayotganini ma’lum qilamiz.
Ayni paytda mutaxassislarimiz xizmatning barqaror ishlashini tiklash bo‘yicha zarur ishlarni olib bormoqda. Yaqin vaqt ichida korporativ pochta xizmati faoliyati to‘liq tiklanadi.
Yetkazilgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va tushunganingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz.
«Yagona integratori UZINFOCOM» MChJ DataCenter tarmoq infratuzilmasida 2026-yil 30-may kuni soat 23:00 dan 23:59 ga qadar rejalashtirilgan texnik ishlar olib borilishi haqida ma’lum qiladi.
Mazkur texnik ishlar tarmoq infratuzilmasini modernizatsiya qilish, tarmoq qurilmalarini yangilash hamda eskirgan uskunalarni foydalanishdan chiqarish orqali xizmatlar barqarorligi va ishonchliligini oshirish maqsadida amalga oshiriladi.
Texnik ishlar davomida ayrim axborot tizimlari va servislar faoliyatida qisqa muddatli uzilishlar yoki sekinlashishlar kuzatilishi mumkin.
Barcha ishlar xizmatlar uzluksizligini ta’minlash va foydalanuvchilar uchun noqulayliklarni minimal darajaga tushirishni inobatga olgan holda tashkil etilgan.
Keltirilishi mumkin bo‘lgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz hamda tushunganingiz uchun minnatdorlik bildiramiz
28.05.2026Texnik nosozliklar sababli avariya-tiklash ishlari olib borilmoqda.
Nosozlik sabablarini tezkor bartaraf etish uchun barcha zarur choralar ko‘rilmoqda.
Ishlar yakunlangani va tizim odatiy rejimda ishlashi tiklangani haqida qo‘shimcha xabar beriladi.
27.04.2026Ma’lum qilamizki, hozirgi vaqtda korporativ elektron pochta serverida reglament asosidagi texnik ishlar olib borilmoqda.
Mazkur davrda xizmat faoliyatida vaqtinchalik o‘ziga xos holatlar kuzatilishi mumkin. Elektron pochta faoliyati qisqa muddatda odatiy tartibda amalga oshiriladi.
26.03.2026